Maqola chop etish tartibi tartibi

Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi. Jurnal tahririyatiga taqdim etiladigan ilmiy maqola hajmi  8-10 betgacha  bo‘lishi tavsiya etiladi.

Yuborilgan ilmiy maqolalar taqrizchi-ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ekspertizadan o‘tmagan hamda ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha yozilmagan maqolalar nashr etilmaydi.

Taqdim etilgan maqolalarda quyidagi rekvizitlar aks etilishi lozim:

muallifning familiyasi, ismi, otasining ismi;

muallifning ish joyi va lavozimi;

ilmiy darajasi, ilmiy unvoni;

E-mail va telefon raqami.

ORCID raqami(namuna: ORCID:0000-0000-0000-0000 )

Maqolada annotatsiya  (40-45 ta so‘z), kalit so‘zlar (kamida 10 ta so‘z)

o‘zbek, rus va ingliz tillarida berilishi lozim.

Muallifning 3×4 foto surati

Maqola qismlari quydagi tartibda joylashtiriladi.

Kirish

Adabiyotlar sharhi

Tadqiqot metodologiyasi

Tahlil va natijalar

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar

 Matn dizayni bo‘yicha talablar:

– maqola matni Windowsda, Times New Roman shriftida, 14 o‘lchamda, qatorlar  masofasi 1,15 intervalda taqdim etilishi kerak;

– maqola sahifalari raqamlangan bo‘lishi,  bo‘g‘in ko‘chirilmasligi lozim;

– xoshiyalar: o‘ng, chap, yuqori, pastki tomonlari – 2,0 sm;

– abzas- 1 sm;

– havolalar kvadrat qavsda [4], iqtiboslar qo‘shtirnoqda “…” berilishi lozim;

-grafik  kontentlarga tegishli manbalar diagramma,  jadval chizmalar  pastida  aks etiladi.  

– maqolaning nomi markazda, katta harflar bilan 3 ta (o‘zbek, rus va ingliz) tillarida yoziladi.

 Jurnal manzili: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Madaniyat saroyi binosi 2- qavat Ilmiy jurnallar tahririyati bo’limi

Telefon: +998 90. 959- 25-90.  Telegram: . 90. 031-59-91,  97.134-87-57

“Moliyaviy texnologiyalar”  ilmiy – elektron jurnali  bosh muxarriri                                                         A.J. Saparov